TOShKENT, 16 fev – Sputnik. Yamalo-Nenesk avtonom okrugidagi koloniyada jazo o‘tayotgan Aleksey Navalniy* vafot etdi, deb xabar qildi Rossiya federal jazoni o‘tash xizmati.
“2024 yil 16-fevral kuni 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida mahkum A.A.Navalniy sayrdan keyin o‘zini yomon his qildi, deyarli darhol hushini yo‘qotdi”, — deyiladi xabarda.
Muassasa tibbiy xodimlari zudlik bilan yetib kelishgan va tez yordam brigadasi chaqirilgan.
"Barcha zarur reanimatsiya choralari ko‘rilgan, biroq ijobiy natija bermagan. Shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari mahkumning o‘limini tasdiqladi. O‘lim sabablari aniqlanmoqda", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy firibgarlik va bir qator boshqa ayblovlar, jumladan, ekstremistik hamjamiyat tashkil etish (Korrupsiyaga qarshi kurash fondi**) etishda ayblanib, 19-yil qamoq jazosi tayinlangan edi. U jazoni Yamalo-Nenes avtonom okrugining Xarp qishlog‘idagi IK-3 maxsus rejimli koloniyasida o‘tayotgan edi.
* Terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan
**Rossiyada ekstremistik tashkilot deb tan olingan va taqiqlangan.
* Terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan
**Rossiyada ekstremistik tashkilot deb tan olingan va taqiqlangan.