Endi mahalladagi “yettilik” oilalarni og‘ir vaziyatdan olib chiqadi — tafsilotlar

“Yettilik” oilalardagi ijtimoiy muammoning sababi, ularga ta’sir qiluvchi omillar aniqlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Endi mahalladagi “yettilik” oilalarni og‘ir vaziyatdan olib chiqish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni safarbar qiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili prezidenti huzurida tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va manzilliligini joylarga chiqib o‘rgandi.
Ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
Aniqlanishicha, tizimni mahalla darajasida adolatli tashkil etish, to‘g‘ri moliyalashtirish, og‘ir ahvolga tushib qolgan odamlarning ijtimoiylashuviga ko‘maklashishda kamchiliklar bor.
Taqdimotda ushbu muammolarni hal etishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev
“Ularga ko‘ra, endi mahalladagi “yettilik” oilalardagi ijtimoiy muammoning sababi, ularga ta’sir qiluvchi omillar aniqlaydi, mavjud imkoniyatlar baholab, ularni og‘ir vaziyatdan olib chiqish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni safarbar qiladi”, — deyiladi xabarda.
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan yordamlarni oilaning ijtimoiy ahvolini individual baholash asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi — uning vazifalari qanday?