TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Ukraina armiyasi shaxsiy tarkibni saqlab qolish uchun kerak bo‘lsa, orqaga chekinadi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, og‘ir harbiy yo‘qotishlari tufayli “Masnik” (Qassob) laqabini olgan Aleksandr Sirskiy “ZDF” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Men qaysidir pozitsiyani tark etganim ma’qul, lekin askarlarning o‘limiga yo‘l qo‘ymayman", – deydi ofitser.
Unga ko‘ra, Rossiya armiyasi butun front chizig‘i bo‘ylab hujumga o‘tgan va Ukraina Qurolli kuchlari mudofaa amaliyotini boshlashga majbur bo‘lmoqda.
O‘tgan hafta Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy iste’foga chiqqani va avval quruqlikdagi qo‘shinlarga rahbarlik qilgan Aleksandr Sirskiy qo‘shinlar bosh qo‘mondoni etib tayinlanganini e’lon qilgan edi. G‘arbning yetakchi matbuotiga ko‘ra, yangi harbiy rahbar munozarali obro‘ qozongan: u prezidentning yaqin tarafdori sanaladi. Bundan tashqari, askarlar harbiylar orasida ko‘p qurbonlar bo‘lgani uchun generalga “Masnik” va “General 200” laqabini berishgan.