TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putinaslida g‘alaba qozonmoqda. Bu haqda Oq uyning sobiq rasmiysi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Rossiya bo‘yicha sobiq direktori Fiona Xillning fikricha, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin dunyoda sodir bo‘layotgan har qanday voqeadan qanday foydalanishni o‘rganmoqda va qanchalik yutqazayotgandek ko‘rinmasin, aslida u g‘alaba qozonmoqda.
"Blumberg" ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada Putin "bu dunyo tartibini Rossiya foydasiga o‘zgartirish uchun AQSh va Yevropaga o‘zining hal qiluvchi zarbasini berishga harakat qilmoqda".
"U o‘z taxtida o‘tirib, butun rejani kuzatmoqda va oldinga siljish uchun barcha xalqaro sharoitlarni qanday boshqarishi va undan foydalanishi mumkinligini aniqlashga harakat qilmoqda. Putin yutqazayotgandek ko‘rinishi mumkin, lekin u aslida g‘alaba qozonmoqda – va u g‘alaba qozonaman deb o‘ylaydi”, — dedi Xill agentlikka bergan intervyusida.