TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida rasmiy ishsizlik 2023-yilda 13,9 foizga kamaydi, deb xabar bermoqda YeIK matbuot xizmati.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining bandlik xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlar soni 2023-yil dekabr oyi oxiriga kelib 709,8 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 13,9 foizga kamaydi”, — deyiladi Komissiya hisobotida.
Shunday qilib, o‘tgan yilning dekabr oyida Ittifoq mamlakatlaridagi ishsizlar ishchi kuchining 0,8 foizini tashkil qildi. 2022-yilning shu davrida - 0,9%.
Oxirgi yil davomida ishsizlar soni 36,6 ming kishiga ko‘paygan Qozog‘istondan tashqari, YeOII barcha mamlakatlarida ishsizlik darajasi kamaydi.Ishsizlarning eng ko‘p soni foizlarda Armanistonda – 3,3% va Qirg‘izistonda – 2,5%, eng kami esa Belarusda (0,1%) qayd etilgan.