TOShKENT, 14 fev — Sputnik. AQSh Kongressi a’zosi Kori Mills "Newsmax" nashriga bergan intervyusida AQShning Ukrainaga yordami haqidagi qonun loyihasining Vakillar palatasida ovoz berish imkoniyati yo‘qligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Umid qilamanki, bu qonun loyihasi tugaydi (Vakillar palatasida - tahrir). <...> Senatning ustuvor yo‘nalishlari birinchi navbatda Amerika bilan bog‘liq emas. Ular tashqi chegaralarni, shu jumladan, biz ko‘rib turganimizdek, korrupsiya botqog‘iga botgan Ukrainani himoya qilishga e’tibor qaratmoqda”, — deb g‘azablandi kongressmen.
Millsga ko‘ra, Senat Kiyev manfaatlarini Vashingtondan ustun qo‘ymoqda, ayni paytda AQShning janubiy chegarasi millionlab muhojirlar tomonidan qamalda. Kongressmen Amerika muammolariga e’tibor qaratishga chaqirdi: kuchli armiya, chegara xavfsizligi, iqtisodiy o‘sish strategiyalari va energetika mustaqilligi haqida o‘ylash.
"Agar biz Ukrainani himoya qilishga e’tibor qaratsak, buni qila olmaymiz", — deya xulosa qildi Mills.