Bogdan Guskov UFC’dagi ikkinchi jangida raqibini nokautga uchratdi

Bu o‘zbekistonlik jangichining UFC’dagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov UFC’dagi ikkinchi jangida raqibini nokautga uchratdi.
Las-Vegasda (AQSh) 11-fevralga o‘tar kechasi “UFC Fight Night 236” turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dastlab O‘zbekiston vakili Bogdan Guskov amerikalik Zak Pauga bilan uchrashdi.
UFC turnirida o‘zbekistonlik Guskov amerikalik bilan jang qiladi — qiziqarli ma’lumotlar
Guskov birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa u UFCdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, promoushingdagi debut jangida u Volkan Ozdemirga yutqazib qo‘ygandi. Bu o‘zbekistonlik jangichining UFC’dagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.