TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Kecha tunda Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Bransk viloyati ustida Ukrainaning uchta dronini yo‘q qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ta’kidlanishicha, Kiyev rejimi yana samolyot tipidagi dronlar yordamida terroristik hujum uyushtirishga urindi.
“Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Bransk viloyati hududi ustida uchta uchuvchisiz uchish apparatini tutib, yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning markaziy va chegaradosh hududlarini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Bransk viloyatida terrorchilik xavfining sariq darajasi mavjud. Bu huquq-tartibot idoralari faoliyatini kuchaytirish, vokzallar va boshqa aholi gavjum joylarda tintuvlar o‘tkazish, tibbiyot tashkilotlarini shay holatga keltirish, strategik obyektlar qo‘riqlanishini kuchaytirishni nazarda tutadi.