Markaziy saylov komissiyasi tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatga yuborildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’lum qildi.
Kecha, 9-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasining bir qator a’zolari:
Marinika Babanazarova;
Feruzaxon Ahmedova;
Suyarjon Qurbonqulov;
Shuhrat Sirojiddinov;
Iroda Kenjayeva;
Alisher Isoqboyev;
Orzigul Qozixonova;
Sherzodxon Qudratxo‘ja;
Gulnoza Ismoilova;
Alisher Usmonqulov;
Orifjon Bozorov;
Shuhrat Jo‘rayev;
Muyassar Qodirova;
Ergash Yusupovlarning vakolatlarini tugatish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek:
Muxtabar Husanova (Qonunchilik palatasi deputati);
Xalmuxammed Paluaniyazov (MSK Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori)ni Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatga yuborildi.
Saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun hamda Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis palatalari tomonidan to‘qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan. Shuningdek, ularning doimiy asosda faoliyat yuritishi, Markaziy saylov komissiyasining bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘lishi nazarda tutilgan.