Putin Taker Karlsonga nima dedi — eng muhim fikrlar

Vladimir Putinning amerikalik taniqli jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusi Tvitter (X) platformasida bir necha soatda 90 milliondan ortiq ko‘rildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti amerikalik jurnalistga bergan intervyusida ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘z fikrini batafsil bildirdi. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Rossiya G‘arbga do‘stlik qo‘lini cho‘zgandi

Sovet Ittifoqi va kommunistik tuzum parchalanib ketganidan so‘ng, Rossiya kapitalistik tizimga o‘tdi va G‘arb davlatlari bilan yaqinlashishga umid qilgandi.
Yelsin ham Putin ham NATOga qo‘shilish uchun imkon izlashdi va bu masalada AQSh prezidentiga murojaat qilishdi, lekin - yo‘q degan javobni olishdi.
Putin Yevropa, AQSh va Rossiya bilan birgalikda Havo mudofaa tizimini tuzishni taklif qildi va bunga ham rad javobini oldi.
Ustiga ustak, AQSh o‘z raketalarini Rossiya chegaraliga imkon qadar yaqin joylashtirdi va Rossiya bunga qarshi javob chorasi o‘ylab topishga majbur bo‘ldi va o‘ylab topdi ham. Bugungi kunda Rossiya gipertovushli raketalar bo‘yicha ulkan ustuvorlikka erishgan.
AQSh Markaziy Razvedka boshqarmasi Kavkazda separatist kuchlarni va Rossiya ichki muxolifatini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatladi.

G‘arb Ukrainada davlat to‘ntarishi uyushtirdi

Yanukovich hokimiyatni tinchlik bilan tark etishga rozi bo‘lganiga qaramasdan, G‘arb davlatlari 2014-yilda Maydanda qonli davlat to‘ntarilishi uyushtirdi. Keyin Qrim va asosan ruslar yashaydigan Donbass uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar paydo bo‘ldi.
Davlat to‘ntarishdan so‘ng G‘arb tashabbusi bilan Donbassda harbiy amaliyot boshladi. Ukraina samolyotlari tinch aholi yashayotgan shahar ustiga bomba tashladi.
Agar qonuniy saylovlar o‘tkazilib ushbu qonli voqealar bo‘lmaganda, Rossiya, ehtimol, aralashmagan bo‘lardi.

NATO kengaydi

SSSR parchalanganidan so‘ng Rossiya mustaqil davlatlar chegaralarini tan olgan, bunga rozi bo‘lgan edi.
Lekin biz hech qachon NATOning kengayishiga, Ukraina yoki Gruziya NATO tarkibida bo‘lishiga rozi bo‘lmaganmiz.
AQSh ham SSSR rahbariyatiga "NATO chegaralari bir duym ham Sharqqa siljimaydi" degan va’dasini keyinchalik tan olmadi. Bu hech qayerda qog‘ozda yozilmagan deb turib olishdi.
Biz o‘nlab yillar davomida ogohlantirib keldik: bunday qilmang, bunday qilmang, deb, lekin NATO chegaralari biz tomonga qarab 5 to‘lqinda kengaytirildi.

"Shimoliy oqim"ni kim portlatdi

Bu voqeada aybdorni topish qiyin emas. Gumondor nafaqat bundan manfaatdor balkim bu ish qo‘lidan keladigan bo‘lishi kerak. Hamma ham Boltiq dengizi tubiga tushib, bu portlashni amalga oshira olmaydi. Xo‘sh, ushbu ikki komponentni kim bir-biriga bog‘lashi mumkin. Kim ham manfaatdor va bu ishni qila oladi?
Shimoliy oqimni kim portlatganini dunyoda hamma tushunib turibdi.
Eng ajablanarlisi, bu yerda Germaniya hukumatining qilayotgan ishi bizni taajjubga solmoqda. Gaz quvrining bittasi omon qolgan, yana Polsha va Ukraina orqali ham gaz olish imkoniyati bor, lekin ular barcha ventillarni yopib qo‘yib uch baravar qimmatiga suyultirilgan gaz sotib olishmoqda. Menimcha, ular o‘z xalqi manfaatlari yo‘lida qilmayapti bu ishlarni.

Rossiya va Ukraina kelajagi

Donbassni himoya qilish bilan biz o‘z xalqimizni, o‘z kelajagimizni himoya qilmoqdamiz.
Kimdir bu urush tufayli Rossiya va Ukraina bir umrlik dushmanga aylanadi deb o‘ylasa xato qiladi.
Rossiya va Ukraina ertami-kechmi kelishuvga erishadi, bizning xalqlar yana birlashadi, chunki bizning dinimiz, qalbimiz yagona.
Ukrainada rus pravoslav cherkoviga aynan shuning uchun hujumlar uyushtirilmoqda, lekin hech kim bizning ruhiy birligimizni buza olmaydi.