O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekistonning YeOIIga kirishi tezlashishi mumkin — Malginov

O‘zbekiston ayni damda JSTga ham, YeOIIga ham qo‘shilish jarayonlarini kelishib olmoqda. Yaqin vaqtda bu jarayon tezlashishi mumkin, dedi Malginov.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga to‘liq a’zo sifatida qo‘shilish jarayoni yaqin kelajakda tezlashishi mumkin, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.

“So‘nggi paytlarda YeOII va O‘zbekiston tuzilmalari o‘rtasida ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. U, O‘zbekistondagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lish uchun qonuniy islohotlar loyihalari va boshqa jarayonlarni ishlab chiqmoqda. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda bu masala ham tezlashadi”, — dedi elchi “Rossiya 24” telekanalida Toshkentning YeOII faoliyatiga qo‘shgan hissasini qayd etib.

Malginov O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida JSTga a’zo bo‘lish masalasini ham muhokama qilayotganini qo‘shimcha qildi. "Bu yerda JSTga ham, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga ham qo‘shilish kelishib olish kerak. Bu maqsad hali ham kun tartibimizda", - deya qo‘shimcha qildi elchi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan.

YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.