TOShKENT, 9 fev — Sputnik. BAAning Dubay shahrida veloshosse bo‘yicha “UAE Tour” ko‘pkunlik musobaqasi start oldi. Birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, “Tashkent City Professional Womenʼs Cycling Team” jamoasi a’zosi Yanina Kuskova eng yaxshi yosh poygachi nominatsiyada yetakchilikni qo‘lga oldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Umumiy klassifikatsiya borasida Yanina 17-natijani qayd etib turibdi.
122 km masofani tashkil etgan birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilarning natijasi:
17. Yanina Kuskova (2:59:08)
44. Olga Zabelinskaya (2:59:11)
64. Nafosat Koziyeva (2:59:11)
66. Anna Kuskova (2:59:11)
95. Madina Qahhorova (2:59:11)
97. Margarita Misurina (2:59:11).
Bugun ikkinchi bosqich doirasida sportchilar “Al Mirfa Bab Al Nojoum” va “Madinat Zayed” manzillari orasidagi 113 km masofada bahs olib borishadi.
Turnir 11-fevralga qadar davom etadi.