Rustam Rahmatovga ko‘ra, O‘zbekistonda islom moliyasi sohasi so‘nggi yillarda ancha dolzarb mavzuga aylanib ulgurgan. Mahalliy banklar halol moliyaviy mahsulotlarni xalqqa yetkazishni boshlashdan manfaatdor.
"Yaqinda Markaziy bank tomonidan islom bankchiligi, islom moliyasi O‘zbekiston banklarida ham joriy etilishi haqidagi mavzu ko‘tarilgan va bu dolzarb mavzu hisoblanadi. 2018-yildan beri O‘zbekistondagi deyarli barcha banklar shu qonunchilikni kutishmoqda. Ular bizning xizmatlarimizdan foydalanib, halol moliyaviy mahsulotlarni xalqimizga yetkazib berishlari mumkin", — dedi u.
Shuningdek, u O‘zbekistonga ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida startaplar zarurligini ta’kidladi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.