Yevropa Tramp bilan savdo urushiga tayyorlanmoqda — OAV

OAV: Tramp g‘alaba qozongan taqdirda, Yevropa Ittifoqi savdo tariflariga javob berish masalasini o‘ylamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yevropa Donald Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan taqdirda, u bilan transatlantik savdo urushiga tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Bloomberg" nashriga tayanib xabar berdi.

“Yevropa Ittifoqi Donald Tramp prezidentligi qanday bo‘lishini rasmiy baholash ustida ishlamoqda, agar u AQSh saylovlarida g‘alaba qozonsa, blokka ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday jazo choralariga qanday javob berishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi maqolada.

Agentlikka ismi oshkor etilmagan yevropalik amaldorning aytishicha, Yevrokomissiya Tramp g‘olib bo‘lish ssenariysiga “alohida e’tibor” qaratib, saylovlar oqibatlarini baholashga tayyorgarlik boshlagan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida respublikachining yangi muddatga hokimiyatga kelishi YeIga qarshi qaratilgan savdo tariflarining joriy etilishiga olib kelishi "umume’tirof etilgan".
Agentlik avvalroq Tramp jamoasi Yevropa Ittifoqiga qarshi potensial harakatlar ro‘yxatini tuzayotgani haqida xabar bergan edi, bu ro‘yxat 10 foizlik umumiy minimal savdo tarifini joriy etishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Tramp AQShni chiqindixona deb atadi