Ukraina yaqin o‘n yilliklarda qashshoqlikdan chiqmaydi — sobiq bosh vazir

Ukrainaning sobiq bosh vaziri: mamlakat yaqin o‘n yilliklarda qashshoqlikdan chiqmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Ukraina yaqin o‘n yilliklarda qashshoqlikdan chiqa olmaydi, G‘arbga bu kerak emas. Bu haqda mamlakatning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Yaqin o‘n yilliklarda Ukraina qashshoqlik va vayronagarchilikdan chiqa olmaydi, bu G‘arbda hech kimga kerak emas. Ular uchun Ukraina kulrang zona va Rossiyaga qarshi kurashda “erkin” inson resursidir”, — deb yozdi Azarov ijtimoiy tarmog‘dagi sahifasida.

Azarov 2023-yil oktabr oyida Ukraina fuqarolarining yarmidan ko‘pi qashshoqlik chegarasidan past ekanligini aytdi. Ukraina demografiya va ijtimoiy tadqiqotlar instituti aholi turmush darajasini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Lyudmila Cherenko 19-yanvar kuni Ukrainadagi qashshoqlik darajasi 2022-yilda 2002-yilgi darajaga qaytganini va 60 foizni tashkil etganini ma’lum qildi.
Ukraina o‘z odamlarini o‘ldirmoqda