TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik taekvondochilar BAAda bo‘lib o‘tgan musobaqada 10 ta medalga ega chiqishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
BAAning Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Fujairah Open” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor bo‘ldi.
“Terma jamoamiz shu paytgacha G2 tasnifidagi ochiq turnirlarda hali 10 ta medal qo‘lga kiritmagan edi”, — deyiladi xabarda.
G‘oliblar:
Oltin medal: -54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev, -68 kg Diyorbek To‘xliboyev, -74 kg Ulug‘bek Rashitov, -80 kg Jasur Jaysunov, -67 kg Ozoda Sobirjonova, +73 kg Iroda Mirtojiyeva.
Kumush medal: -74 kg Najmiddin Qosimhojiyev.
Bronza medal: -80 kg Mavlonbek To‘xtasinboyev, +87 kg Nikita Rafalovich, -67 kg Feruza Sodiqova.