O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro musobaqada 6 ta medalga ega chiqishdi

Final bahslarida ringga ko‘tarilgan bokschilarning barchasi g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Ispaniyada o‘tgan xalqaro musobaqada 6 ta medalga ega chiqishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ispaniyaning La-Nusiya munitsipaliteti mezbonlik qilgan boks bo‘yicha “Boxam” xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
"Kecha o‘tgan final bahslarida ringga ko‘tarilgan yigitlarning barchasi g‘alaba qozondi", — deyiladi xabarda.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal: -63.5 kg Mujibillo Tursunov, -71 kg Havasbek Abdullayev, -80 kg: To‘rabek Habibullayev, -92 kg, Shohjahon Abdullayev.
Bronza medal: -63.5 kg Ruslan Abdullayev, -92 kg, Lazizbek Mullojonov.