Mahmud Muradovning UFCdagi jangida g‘olib aniqlanmadi

Xizriyev Murodovning ko‘ziga barmog‘i bilan zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Las-Vegasda (AQSh) UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tdi. Unda UFC’dagi birinchi o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov dog‘istonlik Aliasxab Xizriyev bilan jang qildi.
Ammo jang 15 soniyaga ham yetib bormadi. Birinchi raund boshida Xizriyev Murodovning ko‘ziga barmog‘i bilan zarba berdi, jang 11 soniyadan keyin to‘xtatildi. Bir oz tanaffuzdan so‘ng Murodov chap ko‘zini ocholmayotganini aytdi.
Shundan so‘ng, jang to‘xtatildi va u o‘tkazilmagan deb topildi.