Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya uchta hududda Ukrainaning yettita dronini yo‘q qildi

Kecha tunda Kiyev rejimi yana bir bor Rossiya hududidagi obyektlar bo‘ylab samolyot tipidagi dronlar yordamida terakt uyushtirishga urindi.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Belgorod, Volgograd va Rostov viloyatlari hududi ustida yettita dronni tutib oldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Kecha tunda Kiyev rejimi yana bir bor Rossiya hududidagi obyektlar bo‘ylab samolyot tipidagi dronlar yordamida terakt uyushtirishga urindi.
“Navbatchilikdagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Belgorod (to‘rtta dron), Volgograd (ikkita dron) va Rostov (bitta dron) viloyatlari hududlari ustida Ukrainaning uchuvchisiz uchish apparatlarini tutib oldi va yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Gubernator Andrey Bocharovga ko‘ra, Volgogradda urib tushirilgan dronning qulashi tufayli neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqqan, lekin u o‘chirilgan. Qurbonlar yo‘q.
Ukraina qurolli kuchlari muntazam ravishda Rossiya bilan chegaradosh hududlarni o‘qqa tutmoqda. Havo hujumidan mudofaa tizimlari muntazam ravishda Ukraina dronlarini urib tushiradi.