O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati uzaytirilmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘z fuqarolarining boshqa davlat hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddatini 5 kundan 30 kunga oshirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati uzaytirilmoqda, deya xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
Qayd etilishicha, deputatlar fuqarolarning ikki davlat fuqarolarining bir-birining hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddatini oshirishni nazarda tutuvchi qonunni qo‘llab-quvvatlashdi.

“Qonun ikki davlat fuqarolarining bir-birining hududida bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi va ikki qardosh davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ishbilarmonlik va madaniy almashinuvlarni yanada rivojlantirishga ta’sir qiladi”, — dedi deputat Natalya Dementyeva.

O‘zbekiston tomoni kelishuvni 2023-yil aprelida ratifikatsiya qilgan.