O‘zbekistonda ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi. Bu bo‘yicha prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.
Farmonga ko‘ra, 1-fevraldan ayrim nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi.
Nafaqalar:
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m);
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
Mazkur miqdorlar rasmiy eng kam iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-yanvar holatiga pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 930,4 ming nafarga yetdi.
Birinchi dekabrdan ish haqi va pensiyalar oshadi — prezident farmoni