NATO bosh kotibi Ukrainani AQSh uchun yaxshi kelishuv deb atadi

Stoltenbergning aytishicha, Ukraina AQSh uchun yaxshi kelishuvdir.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg "Washington Examiner" nashriga bergan intervyusida Ukraina AQSh uchun “yaxshi kelishuv” ekanini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukraina AQSh uchun yaxshi kelishuv. AQSh Ukrainaga berayotgan mablag‘larning aksariyati aslida biz Ukrainaga yuboradigan Amerika uskunalarini sotib olish uchun AQShga sarmoya qilinadi", — dedi Stoltenberg.
Bosh kotib, shuningdek, Vashingtonning NATOdagi ittifoqchilari Amerika mudofaa sanoatini mustahkamlashga yordam berayotganiga e’tibor qaratdi.
"NATO AQSh uchun, Amerika mudofaa sanoati uchun katta bozor yaratadi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina Qurolli kuchlari bahor oxirigacha AQSh yordami yetishmasligini his qiladi —OAV