TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning idorasi “Zalujniy harbiy emas, siyosiy bayonotlar berganidan xavotirda”. Bu haqda Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Dushanba kuni Goncharenko o‘z manbalariga tayanib, Zalujniy iste’foga chiqqani haqida e’lon qilinganini, ammo farmon matni hozircha mavjud emasligi, shuningdek, unga elchi lavozimini taklif qilgani, u esa rad etgani haqida xabar berdi.
Keyinroq Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov "Ukrainskaya pravda" nashriga bergan izohida Zalujniyning iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi, uning so‘zlariga ko‘ra, Bankovada bunday qaror aniq qabul qilinmagan.
"Shaxsan men bu noto‘g‘ri fikr, deb o‘ylayman. Ular o‘rtasida hech qanday tub kelishmovchiliklar yo‘q, lekin Zelenskiyning idorasi Zalujniy harbiy emas, siyosiy bayonotlar berayotganidan xavotirda edi", — deydi u Britaniyaning "Guardian" gazetasiga bergan intervusida.
U o‘z so‘zida aynan qaysi siyosiy bayonotlar ekaniga aniqlik kiritmadi.