Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Xotira tadbirida Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

"Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va davlat qurilishida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari borligini hurmat bilan yodga olamiz",- deyiladi xabarda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Xotira tadbirida Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi prezidentning O‘zbekiston manfaati yo‘lida qilgan ishlari, insoniy fazilatlari yodga olindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Qayd etilishicha, birinchi prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.