Pokiston sudi Imron Xonni 10-yilga qamash haqida hukm chiqardi

Imron Xon bu ishlarning barchasi AQSh ko‘rsatmasi bilan qilinayotganini ta’kidlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xon va sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiyni davlat sirini oshkor qilishda ayblab, 10-yilga qamash haqida hukm chiqardi. RIA Novosti xabariga asosan.
Eng muhimi bu voqea Imran Xon ishtirok etishi kutilayotgan saylovlardan bir hafta oldin sodir bo‘lmoqda. Endi u, katta ehtimollik bilan, saylovlarga o‘z nomzodini qo‘yishga ulgurmaydi.
Imron Xon o‘z mamlakatida xalq orasida obro‘ga ega bo‘lgan yetakchi edi. Shuningdek, u o‘z siyostiy faoliyatida ko‘proq Rossiya va Xitoy bilan yaqinlashish tarafdori bo‘lgan.
2022 yilning fevral oyida u Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan. Shu yilning aprelida esa Pokiston parlamenti uni lavozimidan chetlatishni boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, bundan oldin Pokistonning AQShdagi elchisi Vashingtondan xufiya telegramma olgan, undan Imron Xon Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga neytral pozitsiyasi tufayli uni hukumatdan chetlatish zarurligi aytilgan edi. Sud ushbu voqeaga asoslanib sobiq bosh vazirga hukm chiqargan.