"Yangi bosqich": Germaniyada AQShning Rossiyaga nisbatan kutilmagan rejasi taxmin qilindi

Nemis tadbirkori Dotkom: AQSh Ukrainadagi mojaroni kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. AQSh Ukraina Qurolli kuchlarining frontda qulashi tufayli Ukrainadagi mojaroni barcha mavjud vositalar bilan kuchaytirishga harakat qiladi. Bu haqda nemis-fin tadbirkori Kim Dotkom X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Biz hozir AQSh proksi urushining yangi bosqichiga kirmoqdamiz. Ukraina jang maydonida mag‘lub bo‘ldi va G‘arb bu mag‘lubiyatni qabul qila olmaydi", — dedi u.
Dotkom G‘arb Moskvani o‘zi uchun qabul qilib bo‘lmaydigan tinchlik shartlarini qabul qilishga majburlash uchun Rossiyaga qarshi provokatsiyalar uyushtirishni rejalashtirayotganini taxmin qildi.
"Bu noxush oqibatlarga olib keladi. Jiddiy eskalatsiyani kuting", — deya xulosa qildi tadbirkor.
Ukraina allaqachon taslim bo‘lgan, ammo buni hali tan olmadi