TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish va Uchinchi jahon urushining oldini olish “geosiyosiy va moliyaviy jihatdan” amalga oshirilishi mumkin deb hisoblaydi, u boshqa davlatlarni Kiyevga o‘z vaqtida “qurol yoki moliyayaviy” yordam berishga chaqirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Zelenskiy Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida 2024-yilda mojaroning tugashiga biror narsa umid beradimi, degan savolga javob berdi.
“Biz juda qiyin damda turibmiz. Bu urush bilan Rossiya Federatsiyasini ham geosiyosiy, ham moliyaviy jihatdan to‘xtatish mumkin. Ukraina vayron bo‘lishining oldini olish, xalqimizni yo‘q qilish, global migratsiya, Uchinchi jahon urushining oldini olish", – dedi Zelenskiy.
Uning qayd etishicha, Ukraina AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlarining harbiy yordamiga juda bog‘liq.
"Ba’zan boshqa mamlakatlarda bo‘lib turib va Ukraina bizning umumiy qadriyatlarimizni himoya qiladi, deb aytish juda qulay, lekin faqat ukrainaliklar o‘z jonlarini berishmoqda ... Boshqa mamlakatlar yordam, qurol yoki moliyani o‘z vaqtida taqdim etishi juda muhimdir. Aks holda, bu urush boshqa mamlakatlarga ham keladi”, — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.