Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Vladimir Putin prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi — Rossiya MSK

Vladimir Putin shu yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Vladimir Putinni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.

"Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga 1952-yilda tug‘ilgan Vladimir Vladimirovich Putin nomzodini 2024-yil 29-yanvar soat 11:23da ro‘yxatdan o‘tkazing", – deyiladi MSK majlisida qabul qilingan qarorda.

Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishda Putinning ishonchli vakili etib yana 198 kishini tasdiqladi.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Vladimir Putinni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.
Avvalroq Markaziy saylov komissiya 346 kishini Vladimir Putinning ishonchli vakili sifatida ro‘yxatga olgan edi. Hozirda Putinning 544 nafar ishonchli vakili ro‘yxatdan o‘tdi.

"Ilgari nomzod o‘zini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga 315 ming imzo topshirgan edi", – deyiladi MSK xabarida.

Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovi 2024-yil 17-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish uch kun - 15, 16 va 17-mart kunlari davom etadi.
Ayni paytda davlat rahbari lavozimiga 11 kishi da’vogarlik qilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi avvalroq prezidentlikka uchta nomzod – Leonid Sluskiy, Nikolay Xaritonov va Vladislav Davankovni ro‘yxatga olgan edi. Ular parlamentdagi partiyalarning vakillari bo‘lgani uchun saylovda nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ularni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo to‘plashga hojat qolmadi.
Parlamentga kirmagan siyosiy partiyalardan nomzodlar – Sergey Malinkovich, Boris Nadejdin, Andrey Bogdanov, Sergey Baburin, Irina Sviridova 31-yanvarga qadar kamida 100 ming imzo to‘plashi kerak. Ulardan Rossiya kommunistlari yetakchisi Malinkovich 29-yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasiga imzo varaqalarini topshirdi.
MSK 10-fevraldan kechiktirmay barcha nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Avvalroq Rossiya Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovida ovoz berish uchun bulletenning shaklini tasdiqladi. Ro‘yxatga olingan nomzodlarning familiyalari saylov bulletenida alifbo tartibida ko‘rsatilgan. Matn bulletenning faqat bir tomonida joylashgan.
Prezident saylovini kuzatishda 100 dan ortiq davlatdan besh yuzdan minggacha xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etadi. Shuningdek, prezident sayloviga ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiya qilish tartibi ham tasdiqlangan.