TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga 2023-yilda sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan Rossiya fuqarolari soni o‘tgan yilga nisbatan 25,8 foizga oshib, 714,2 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda RIA Novostiga Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, turizm statistikasini tuzishda Jahon sayyohlik tashkiloti tavsiyalaridan foydalaniladi.
Ushbu tavsiyalarga ko‘ra, turizm maqsadlariga quyidagilar kiradi: dam olish va hordiq chiqarish, ta’lim, xizmat safarlari, qarindoshlarni yo‘qlash, davolanish va tijorat maqsadlari.
Avvalroq agentlik 2023-yilda O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarning umumiy oqimi 2022-yilga nisbatan 27 foizga oshib, 6,6 million kishini tashkil etgani haqida xabar bergan edi.
RIA Novosti agentligining Rossiya Federatsiyasidan turistlar oqimi dinamikasi haqidagi so‘roviga javob berar ekan agentlik vakili “2023 yilda Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga turizm maqsadida 714 282 kishi kelgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 567 725 kishini tashkil qildi”, dedi.