Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya jangchilari Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida uchta desant qayiqlarini yo‘q qildi

Mudofaa vazirligi: Rossiya desantchilari Dneprda Ukraina qo‘shinlari bo‘lgan uchta qayiqni yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiya desantchilarining FPV-dronlari ekipajlari Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida Xerson yo‘nalishida Ukraina harbiy xizmatchilarining uchta motorli desant qayig‘ini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

"Rossiya desantlarining Dnepr qo‘shinlari guruhining dron (BPLA) bo‘linmalari har kuni Ukraina Qurolli kuchlarining daroni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan suv texnikalarini yo‘q qilmoqda. Operator FPV-dronini ishga tushirib, Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida Ukraina Qurolli kuchlarining desant qo‘shinlari yuklangan uchta motorli qayig‘ini nishonga oldi", – deb ta’kidladi Mudofaa vazirligi.

Nishonni aniqlab, operator dronni ulardan biri tomon uchirdi, uning yordamchisi esa nishonga yuborilgan zarba yo‘nalishini to‘g‘rilab turdi.
“FPV-droni ekipaji Ukraina Qurolli kuchlarining suv kemasiga aniq zarba berdi. Boshqa FPV-dronlarining takroriy zarbalari yana ikkita motorli qayiqqa zarba berdi", – dedi Mudofaa vazirligi.
Ukraina Qurolli kuchlarining omon qolgan harbiy xizmatchilari jasadini va yaradorlarini suvda va qirg‘oqda qoldirib, "darodan o‘tish niyatidan voz kechib, qochib ketishdi".
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kupansk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar punkti yo‘q qilindi