TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Istanbuldagi Santa-Mariya katolik cherkoviga qurolli hujum uyushtirildi, deya xabar berdi RIA Novosti Turkiya ichki ishlar vaziriga tayanib.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hujum cherkov ibodati vaqtida sodir bo‘lgan va bir kishi halok bo‘lgan. Ommaviy axborot vositalari dastlab hujum oqibatida bir kishi jarohatlangani haqida xabar berdi.
“Bugun soat 11.40da Istanbulning Sariyer tumanidagi (shahar shimolida – tahr.) Santa-Mariya katolik cherkoviga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida fuqaro D.T halok bo‘ldi”, deb yozdi vazir X ijtimoiy tarmog‘ida.
Vazirning aytishicha, ikki hujumchi niqob kiygan va yakshanba ibodatida "ishtirok etgan". Hujum bilan bog‘liq keng ko‘lamli tergov boshlangan va hujumchilarni qidirish ishlari davom etmoqda.