TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi joriy yil 16-fevraldan boshlab Sankt-Peterburg va Samarqandni muntazam reyslar bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar berdi.
Sankt-Peterburg – Samarqand – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari haftada bir marta – juma kunlari Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Bugungi kunda aviatashuvchi har kuni Moskva-Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqda.
"Pobeda" - Rossiyaning loukoster aviakompaniyasi, "Aeroflot - Rossiya havo yo‘llari" guruhining shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida (Moskva) joylashgan sho‘’ba korxonasidir.