“Google” va “Yandeks”ga raqobatchi: o‘zbekistonlik dasturchilar o‘zbekcha tarjimon yaratishadi

“President Tech Award” tanlovi g‘olibi, dasturchi Muhammadsaid Mamasaidov o‘z muvaffaqiyati tarixi bilan bo‘lishdi. U tanlovning sun’iy intellekt yo‘nalishida "Tahrirchi" loyihasi bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va 100 ming dollar yutib olgan.
Sputnik
Endilikda yosh dasturchi yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda. Sifatli “o‘zbekcha tarjimon” va “plagiat tekshiruvi”ni yaratish shular jumlasidan.
Mamasaidov 23 yoshda. Inha universiteti bitiruvchisi. U o‘tgan yili jamoasi bilan President Tech Award tanlovida qatnashib, sun’iy intellekt yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston — videosida.