AQSh Ukrainadagi siyosati tufayli sharmanda bo‘ldi — Pentagonning sobiq maslahatchisi

Duglas Makgregor: AQSh Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklari tufayli butun dunyoga sharmanda bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. AQSh Ukrainadagi muvaffaqiyatsiz siyosat tufayli sharmanda bo‘ldi. Bu haqda Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklarimiz bizni butun dunyo nazarida mutlaqo kulgili qiladi", — dedi Makgregor.
Avvalroq amerikalik senator Lindsi Grem Amerika Ukrainada birorta ham amerikalik halok bo‘lmagani uchun Kiyevdan minnatdor bo‘lishi kerakligini aytgan edi. Makgregor uning bayonotiga javob qaytardi va 400 nafar amerikalik yollanma askar Ukraina Qurolli kuchlari safida janglarda allaqachon halok bo‘lganini eslatdi.
Pentagonning sobiq maslahatchisiga ko‘ra, hukumat bu ma’lumotni yashirishda davom etadi.
NATO kuchlari Rossiya armiyasiga teng kelolmaydi — AQSh sobiq razvedkachisi