TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Toshkent va Shanxay o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay shahar meri Gun Chjen bilan uchrashdi.
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov Shanxay shahar meri Gun Chjen bilan uchrashdi.
© Press-slujba xokimiyata Tashkenta
“Janob Gun Chjen Toshkent shahri bilan shahar boshqaruvini kuchaytirish, turizm sohasini rivojlantirish, tashqi savdo va investitsiyalar hajmini oshirish borasida hamkorlikka tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Umurzakov Toshkentni rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib, qator takliflarni bildirdi hamda ularni amalga oshirish ustida birgalikda ishlashni taklif qildi.
Uchrashuv yakunida Toshkent shahar hokimligi va Shanxay meriyasi o‘rtasida “Toshkent va Shanxay shaharlari o‘rtasidagi 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik memorandumi” imzolandi.
Shuningdek, Xitoyga tashrif davomida “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va “JAC” kompaniyasi o‘rtasida Toshkent shahriga investitsiyalar kiritish va sanoat zonasida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tegishli kelishuv imzolandi.
Qolaversa, “Shanghai Construction Group” korporatsiyasi bilan yo‘llar rekonstruksiyasi, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘l o‘tkazgichlarini qurish borasida kelishuvlar imzolandi. Bundan tashqari, “Jibao Electrical” kompaniyasi bilan Toshkent shahrida transformatorlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga ham kelishildi.