TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Pekin shahri Tananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
"Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi", — deyiladi xabarda.
Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi.
Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.
Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi.
Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutlashdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi.
Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi.
Faxriy qorovul boshlig‘i Prezidentimizga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.