O‘zbekiston va YeOII

Fuqarolar farovonligi uchun YeIK faoliyati: hisobot davri natijalari

Sputnik videoko‘prigi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining 2020-2024 yillardagi faoliyatining asosiy natijalariga bag‘ishlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Ertaga, 25-yanvar kuni, Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining hisobot davri yakunlariga bag‘ishlangan “Moskva-Minsk-Bishkek-Yerevan-Ostona-Toshkent” videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Shu yilning 1-fevralidan boshlab YeIKda kengashning yangi tarkibi ish boshlaydi. Hozirgi rais Mixail Masnikovich o‘z lavozimini tark etadi, uning o‘rniga Qozog‘iston vakili Bakitjan Sagintayev tayinlanadi.
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining o‘tgan davrdagi faoliyatining asosiy natijalari haqida YeIK rasmiy vakili Iya Malkina va YeIK Texnik jihatdan tartibga solish vaziri Viktor Nazarenko so‘z yuritadi.
Jonli efirni Sputnik O‘zbekiston saytida soat 15.00 da tomosha qilishingiz mumkin.