TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
"Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan", — deyiladi xabarda.
Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, davlat rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.