Rossiya Kiyevdan farqli o‘laroq, aholi va fuqarolik obyektlariga zarba bermaydi — Peskov

Dmitriy Peskov Rossiya armiyasini Kiyev rejimi harbiylaridan nima ajratib turganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Kiyev va Xarkovdagi portlashlar Ukrainaning Donbassga qilgan hujumlariga javob emas, Rossiya harbiylari Kiyev rejimidan farqli o‘laroq tinch aholi va fuqarolik obyektlariga hujum qilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Seshanba kuni ertalab butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Ommaviy axborot vositalari Kiyev, Xarkov, Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berishdi.
“Biz maxsus harbiy operatsiyamizni davom ettirmoqdamiz, harbiylarimiz Kiyev rejimidan farqli o‘laroq, ijtimoiy obyektlar va aholi turar joylariga zarba bermaydi va tinch aholiga zarba bermaydi. Bu bizning armiyamizni Kiyev rejimi harbiylaridan tubdan ajratib turadigan narsa”, — dedi Peskov.
Shu tariqa, Kreml rasmiy vakili jurnalistlarning Rossiya Doneskning so‘nggi o‘qqa tutilishiga javoban Kiyev va Xarkovga raketa zarbalari berdi, deyish mumkinmi, degan savoliga javob berdi.
Ukraina qurolli kuchlari 21-yanvar kuni ertalab Doneskning Kirov tumaniga hujum uyushtirdi. “Tekstilshik” mikrorayonidagi bozor hududi artilleriyadan o‘qqa tutildi. Natijada 27 kishi halok bo‘ldi, yana 26 kishi yaralandi. DXRda 22-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi.