O‘zbekiston va Qatar prokuraturalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Qatar zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashishni yanada jadallashtirishtiradi.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar prokuraturalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Katarga tashrifi doirasida bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Qatar bosh prokurori Issa bin Saad Al Jafali Al Nuaimi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Qatar prokuraturalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
“Uchrashuvning muhim voqeasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qatar Davlati Bosh prokuraturasi o‘rtasida Anglashuv Memorandumining imzolanish marosimi bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Tomonlar zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish, shu jumladan, idoralararo hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirish zarurligini ta’kidlashdi.
O‘zbekiston va Qatar prokuraturalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Shuningdek, uchrashuvda Qatar tomoni prokuratura organlari faoliyatiga, hususan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan ulashdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Toshkentda o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofoti” bilan tantanali taqdirlash marosimi doirasida O‘zbekiston prezidenti tomonidan belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Qatar davlatida bo‘lib turibdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov hamda Qatar davlati Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi, Davlat audit burosi, Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Misr bilan hamkorlikda aholini korrupsiyaga qarshi o‘qitadi
O‘zbekiston Qatarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan kelishuvlarga erishdi
O‘zbekiston korrupsiyani oldini olishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
O‘zbekiston Qatar bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda tajriba almashishga kelishib oldi
O‘zbekiston 2030-yilgacha korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqadi