Germaniya mudofaa vaziri Rossiya bilan urush haqida bayonot berdi

Germaniya mudofaa vaziri Pistorus Germaniyani Rossiya bilan urushga tayyorlanishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Berlin Rossiya bilan harbiy mojaro xavfini anglab yetishi kerak, shuning uchun Germaniya qurollanishi zarur. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius “ZDF” telekanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Bu ehtimoliy holat bilan hisoblashishimiz zarur. Biror narsaga tayyorgarlik ko‘rmoqchi bo‘lsak, biz o‘zimizni qachon va kelish-kelmasligi noma’lum xavfga tayyorlashimiz kerak. Bu voqea uchun o‘zimizni qurollantirishimiz darkor — biz NATOdagi ittifoqchilarimiz bilan birga aynan shunday qilyapmiz. Bu esa zarur”, — dedi vazir.
Pistoriusning qo‘shimcha qilishicha, buning uchun Boltiqbo‘yida nemis brigadasi bo‘lishi kerak, uning so‘zlariga ko‘ra, bu armiya 2027-yilgacha “to‘liq jangovar tayyor” bo‘ladi.
"Harbiy ekspertlar Rossiya bu harakatni boshlay olishi uchun (harbiy harakatlarni - Tahr.) bir necha yil kerak bo‘lishini hisoblashmoqda. Bu faqat taxminlar — aniq hech kim bilmaydi. Bu muddatdan – keyingi uch-besh yilgacha bo‘lgan vaqtdan — biz o‘zimizni qurollantirish uchun faol foydalanishimiz kerak”, — dedi vazirlik rahbari.
Germaniya Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda — OAV