Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya kuchlari bir kun ichida oltita Storm Shadow raketalarini urib tushirdi

Mudofaa vazirligi: Havo mudofaasi bir kun ichida oltita Storm Shadow qanotli raketalarini urib tushirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Oxirgi 24 soat ichida Rossiya havo mudofaa tizimlari oltita Storm Shadow raketasi va beshta HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizim snaradini urib tushirdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

“Bir kun ichida oltita Storm Shadow qanotli raketalar hamda beshta HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.

Hammasi bo‘lib maxsus operatsiya boshlanganidan buyon Ukrainaning 568 ta harbiy samolyoti, 265 vertolot, 11 033 dronlari, 451 zenit-raketa tizimi, 14 738 tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 1 205 zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari, 7 822 dala artilleriya va minomotlari, shuningdek, 17 727 dona maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining 23-mexanizatsiyalashgan brigadasining ikkita dala o‘q-dori ombori, 103 ta hududdagi jangchilari va harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Maxsus operatsiya: 13-19 yanvar hisoboti