Ilon Mask Baydenga qattiq zarba berdi

Mask AQSh prezidenti saylovida Baydenga ovoz bermasligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Jo Baydenga ovoz bermasligini aytdi, bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Mashhur milliarder Amerikaning CNBC telekanaliga bergan intervyusida 2020-yilgi saylovlarda Baydenga ovoz berganini ma’lum qilgan.

“Bu safar Baydenga ovoz berishimni tasavvur qila olmayman”, — deb yozadi Mask.

AQShda prezidentlik saylovi 2024-yil 5-noyabrga belgilangan. So‘rovlar Donald Trampni Respublikachilar partiyasidagi praymerizda yaqqol favorit sifatida ko‘rsatmoqda. Unga amaldagi prezident Jo Bayden qarshi chiqishi kutilmoqda. So‘rovlarga ko‘ra, Tramp 2024-yilda g‘alaba qozonishi mumkin.