Xotira kuni munosabati bilan “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bolaligida Leningraddan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarga “Faxriy nishon” va sovg‘alar topshirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda yashovchi qamaldagi leningradliklar va Ikkinchi jahon urushi yillarida leningradlik bolalarga boshpana bergan o‘zbekistonliklarga yodgorlik o‘rnatishga qaror qilindi. Yodgorlik G‘alaba bog‘iga o‘rnatiladi.