Hindistondan Toshkent orqali Rossiyaga uchayotgan samolyot halokatga uchradi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida olti kishi - to‘rt nafar ekipaj a’zosi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasi tog‘larida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti Pajvak agentligiga tayanib xabar berdi.

“Hindiston yo‘lovchi samolyoti Badaxshonning tog‘li hududlarida halokatga uchradi”, — deb xabar berdi yakshanba kuni mahalliy rasmiylar.

Federal havo transporti agentligi xabariga ko‘ra, Afg‘onistonda g‘oyib bo‘lgan Falcon 10 samolyoti Rossiya fuqarolik samolyotlari davlat reyestrida ro‘yxatga olingan. Aniqlik kiritilishicha, bir kun avval u Afg‘oniston havo hududida (Tojikiston chegarasi yaqinida) bo‘lganida aloqani to‘xtatib, radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan.
U Gaya (Hindiston) - Toshkent - Jukovskiy yo‘nalishi bo‘yicha charter tez yordam reysini amalga oshirayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida olti kishi - to‘rt nafar ekipaj a’zosi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan.
Halokatga uchragan yo‘lovchi samolyotini o‘rganish uchun guruh jo‘natilgan.