Bo‘stonliqda Xitoy andozalari asosida yirik dam olish maskani quriladi

Bo‘stonliqda Xitoy andozalari asosida yirik dam olish maskani quriladi
Loyihaning dastlabki investitsiya qiymati 10 million dollar deb baholanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Xitoy andozalari asosida yirik dam olish maskani quriladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Urumchi shahrining Tayan-Shan tog‘ tizmalarida joylashgan karort zonasi faoliyati bilan tanishdi. Sayyohlik hududi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.
V Bostanlikskom rayone postroyat bolshoy sentr otdixa po kitayskim standartam
Bo‘stonliqda Xitoy andozalari asosida yirik dam olish maskani quriladi
"Kelgusida, Bo‘stonliq tumani “Oqtosh” hududida “Xevens Garden” majmuasi yonida zamonaviy andozalarda dam olish obektini qurish bo‘yicha ijobiy kelishuvlarga erishildi", — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish hamda loyihalash ishlarini boshlash bo‘yicha Xitoy delegatsiyasi fevral oyida Toshkent viloyatiga tashrifi borasida kelishib olindi.
Loyihaning dastlabki investitsiya qiymati 10 million dollar deb baholanmoqda.