TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Bransk viloyati hududi ustida Ukraina dronini yo‘q qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“20 yanvar kuni Moskva vaqti bilan taxminan 06:30 da Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi obyektlarga samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparati yordamida terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi to‘xtatildi”, — deyiladi xabarda.
Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomazning Telegram kanalida aniqlik kiritishicha, dronning yo‘q qilinishi jarohatlar va halokatlarga olib kelmagan.
“Hodisa joyida tezkor va favqulodda xizmatlar ishlamoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan u.
Ukraina Qurolli Kuchlari muntazam ravishda Rossiyaning markaziy va chegaradosh hududlarini o‘qqa tutadi, dronlardan zarbalar beradi.
Bransk viloyatida terrorchilik xavfining sariq darajasi mavjud. Bu huquq-tartibot idoralari faoliyatini kuchaytirish, vokzallar va odamlar gavjum joylarda tintuvlar o‘tkazish, tibbiyot tashkilotlarini shay holatga keltirish, strategik obyektlar qo‘riqlanishini kuchaytirishni nazarda tutadi.