Sovuq suv balig‘i turlarini (gulmohi, bakra, losos) yetishtiruvchi xo‘jaliklar soni 24 taga yetdi. Bu borada 5 ta loyiha amalga oshirilib, 1,2 ming tonna yangi ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi.
O‘tgan yili mazkur sohadagi inkubatsiya sexlarining umumiy soni 113 taga yetdi. 270 gektar maydonda naslchilik hovuzlari ishga tushirildi.
1 gektarga intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmi 3-4 barobar oshdi (jami 8 ming gektardan ortiq maydon faollashtirildi).
Umumiy qiymati 712 milliard so‘mlik 241 ta hududiy loyihaning ishga tushirilishi 2500 yangi ish o‘rnini yaratish imkonini berdi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.