O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari MDH bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi

Rahmatulla Nurimbetovning Sergey Lebedev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

“Tomonlar MDHning o‘tgan yilgi sammiti (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qilishdi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti tomonidan tashkilot doirasida ilgari surilgan va ko‘p tomonlama hamkorlikning keng yo‘nalishlarini qamrab olgan tashabbuslarni hayotga amaliy tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Bishkekdagi MDH sammiti yakunlari bo‘yicha qator 20 tga yaqin hujjatlar imzolangan. 2024-yilda MDHga Rossiya raislik qiladi.
Mirziyoyev Bishkekdagi MDH sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi