TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Bu yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) raislik navbati Armanistonga o‘tdi. Mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan ittifoqdagi raislik yilida nimalarga e’tibor qaratishini ma’lum qildi.
Bu yil 1-yanvardan boshlab Armaniston YeOII organlariga raislikni o‘z zimmasiga oldi, unda har bir davlat umumiy iqtisodiy hamkorlik makonini shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi.
E’tibor qaratiladigan masalalar:
energiya xavfsizligini ta’minlash — energiya resurslarining umumiy bozori YeOIIga a’zo barcha davlatlar uchun teng sharoitlarni ta’minlashi kerak;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash — mumkin bo‘lgan inqirozlar sharoitida oziq-ovqat ta’minoti YeOII kun tartibining ustuvor vazifasiga aylanishi kerak;
transport va logistikani rivojlantirish — tashqi bozorlarga chiqish uchun YeOIIning tranzit salohiyati va imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish zarur. Armaniston tomonidan taklif etilgan “Dunyo chorrahasi” loyihasini amalga oshirish;
bojxona tizimini takomillashtirish — YeOIIda yagona tranzit tizimini tashkil qilish va davlat nazoratini minimallashtirish;
YeIK rolini aniq belgilash — YeOIIda millatlararo regulyatorning rolini aniq belgilash zarur. Shu o‘rinda YeIKni beligilash uchun hech qanday to‘siq yo‘q.
Milliy valyutalar ulushini oshirish.